Apparat majlisida
2026-03-30 10:50:00 / Yangiliklar

Qonliko‘l tumani hokimligida tuman hokimligining navbatdagi apparat majlisi bo‘ldi. Yig‘ilishni tuman hokimi o‘rinbosari F.Xolmuratov olib bordi.
Yig‘ilishda tumanda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar yakuni, sohalar kesimida erishilgan natijalar va mavjud kamchiliklar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ayniqsa, aholi murojaatlari bilan ishlash, qishloq xo‘jaligi ishlarining borishi, obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash, yoshlar bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yana amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Har bir mutasaddi rahbar va mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ijro intizomi va natijadorlikni ta’minlash bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalar berildi.





