MUROJААT
2026-03-27 16:40:00 / Yangiliklar

[25.03.2026 19:18] Самат Фермер Кенес: MАMLАKАTIMIZ OZIQ-OVQАT XАVFSIZLIGINI TАЪMINLАShDА OʼZ HISSАNGIZNI QOʼShING, АYNIQSА KАRTOShKА VА BOShQА ZАRUR MАHSULOTLАRNI EKIShNI QISQА MUDDАTDА YaKUNLАB, QOʼShIMChА DАROMАDGА EGА BOʼLING!
Qonlikoʼl tumani fermerlar kengashi Rayosati aʼzolarining barcha mirishkor fermerlarga, bobo dehqonlarga hamda qishloq xoʼjaligi sohasiga tegishli korxonalarga
MUROJААTI
Hurmatli fermerlar, dehqonlar va qishloq xoʼjaligi sohasi fidoyilari!
Siz aziz dehqonlarning yaratuvchanlikka asoslangan mehnatingiz asrlar davomida xalqimizning farovon turmushi, toʼkin dasturxonining asosiy sababi sifatida yuksak eʼtirof etilgan va qadrlangan.
Bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash – nafaqat qishloq xoʼjaligini barqaror rivojlantirish, balki iqlim oʼzgarishlari taʼsirini yumshatish orqali oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholi farovonligini oshirishning ustuvor yoʼnalishiga aylanmoqda.
Davlatimiz rahbari Navroʼz umumxalq bayrami tadbirida mirishkor dehqon va fermerlarimizga yuksak hurmat va ehtirom bildirib, ularning xalqimiz dasturxonini toʼkin va farovon qilishdek sharafli mehnatini eʼtirof etdi, bu borada davlat va jamiyat tomonidan doimiy qoʼllab-quvvatlash davom ettirilishini taʼkidladi.
Ushbu qoʼllab-quvvatlashdan ruxlanib, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash – har birimizdan masʼuliyat va faollikni talab qilayotgan eng dolzarb vazifalardan ekinligini his qilib, kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlarini qisqa muddatlarda ekishni tashkil etib, ichki ehtiyojni toʼliq qondirish orqali bozorlarda narxlar barqarorligini taʼminlashda oʼz hissamizni qoʼshaylik.
Har bir qarich yer – imkoniyat. Undan oqilona foydalanish esa nafaqat shaxsiy manfaat, balki yurtimiz farovonligiga qoʼshilgan hissadir shiori bilan bir qarich yerimizga ham mahsulot ekishni tashkil etaylik.
Keling, birgalikda harakat qilib, xalqimiz dasturxonini toʼkin, yurtimizni yanada farovon qilaylik!
Bugun fermerlarimizning nafaqat qishloq xoʼjaligi, balki iqtisodiyotni yuksaltirish, aholi turmushini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi ishlari eʼtirof etilishi shu muqaddas zaminda tavallud va tarbiya topgan, oʼzini aynan shu yurt farzandi deb bilguvchi Siz aziz fermerlarni oʼz davlati, xalqi oldidagi, uni umidlar bilan tarbiyalagan, voyaga yetkazgan jamiyat oldidagi burchini ado etishga undashiga ishonamiz.
Himmati baland dehqon va fermerlar!
Mamlakatimiz aholisini qishloq xoʼjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash, xalqimiz dasturxoniga yetkazish, bozorlarimizda narx-navo oshib ketishining oldini olish eng asosiy vazifamiz ekanligini unutmasligimiz zarur.
Oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish strategik ahamiyatga ega boʼlishi bilan bir qatorda, dehqon va fermerlarimiz uchun yaxshi daromad topish manbai hisoblanadi. Аyniqsa, kartoshka yetishtirish nafaqat kundalik isteʼmol mahsuloti, balki aholi isteʼmolida eng muhim oziq-ovqat mahsulotlaridan birdir.
Shu bois, oziq ovqat mahsulotlarini yetishtirish hajmini oshirish orqali narxlar barqarorligini taʼminlash, importga boʼlgan qaramlikni kamaytirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri ekanligini unutmaylik.
Keling, yurtimiz taraqqiyoti uchun birgalikda harakat qilaylik! “dolzarb bir oylik”da dala chetlaridan oqilona va samarali foydalanish orqali qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini, xususan, kartoshka hamda sabzavot va poliz ekinlarini ekishni yakunlang.
Bundan tashqari, bogʼ va qator oralaridan unumli foydalanib, qoʼshimcha ravishda sabzavot ekinlarini ekib, hosildorlikni oshirish va mahsulot turlarini koʼpaytirishga hamda shu orqali xalqimizning dasturxonini toʼkin, yurtimizni farovon qilishga oʼz hissangizni qoʼshing!
Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlash, jumladan, sabzavot, kartoshka, poliz, va boshqa ekinlaridan yuqori hosil olish uchun mart-aprelь oylarida, yaʼni “dolzarb bir oylik”da biz fermerlar tomonidan sabzavot urugʼlarini oʼz vaqtida yerga qadab, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish zarurligi hamda erta ekib qoʼshimcha daromad olishingizni yurakdan his etib, quyidagi tadbirlarni ogʼishmay amalga oshiring:
birinchidan - har bir fermer xoʼjaligi tomonidan “dolzarb bir oylik” davomida ekinlarni joylashtirish roʼyxatiga muvofiq ochiq maydonlarda kartoshka, sabzavot va poliz ekinlarini ekishni yakunlang;
ikkinchidan - 10 kunlik muddatda dala chetlariga sabzavot, poliz, moyli, dukkakli yoki makkajoʼxori urugʼi va koʼchatlarini ekishni tashkil eting;
uchinchidan - ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytiring, sifatli va sertifikatlangan urugʼdan eking;
toʼrtinchidan - tijorat banklari orqali kartoshka yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 12 foiz stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga sugʼurta polisi asosida ajratiladigan kreditlar foydalanib, kartoshkani oʼz vaqtida ekib, qoʼshimcha daromad oling;
beshinchidan- kartoshka, sabzavot va boshqa ekinlar yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etib, qarorda belgilangan imtiyozlardan foydalaning;
oltinchidan - kartoshka, sabzavot va boshqa ekinlarga kasallik va zararkunandalarga qarshi samarali kurash choralarini koʼring, mineral va organik oʼgʼitlardan belgilangan meʼyor asosida foydalanib, yuqori hosil olishga va qoʼshimcha daromad olishga erishing.
Hurmatli fermer va dehqonlar!
Shu munosabat bilan barchangizni “dolzarb bir oylik” doirasida mavjud yer maydonlaridan, jumladan, dala chetlari, bogʼ va qator oralaridan samarali foydalanib, kartoshka va boshqa oziq-ovqat ekinlarini ekish ishlarini qisqa muddatda yakunlashga chaqiramiz.
Qishloq xoʼjaligi ekinlarini ekishni shunday koʼtarinkilik bilan tashkil qilaylikki, toki har bir Oʼzbekistonlikman, degan inson oʼzini dehqondek his etsin.
Bobodehqon yelkasidagi yukni koʼtarishga kamarbasta, farovonlik yoʼlida el-yurtga xizmat qilish kabi yuksak insoniy fazilatlarni namoyon qilib, dehqonlarning zafarlaridan faxrlanish hissi yuragingizda joʼsh ursin!
Barchangizni shunday ezgu amallarni bajarishda faol ishtirok etishga chorlab, iqtisodiyotimizni yuksaltirish, ona yurtimiz yanada obod boʼlishi uchun munosib hissangizni qoʼshishga hamda “Dolzarb bir oylik” mobaynida qishloq xoʼjaligi ekinlarini oʼz muddatlarida ekishga hamda yuqori hosil olishga daʼvat etamiz!
Qonlikoʼl tumani fermerlar kengashi Rayosat aʼzolari
