Sessiya majlisida
2026-03-27 15:15:00 / Yangiliklar

Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, muassasa, korxona rahbarlari ishtirok etdi. Sessiyani Xalq deputatlari tumanlik Kengashi raisi D.Ametov olib bordi. Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining 2026-yil 18-martdagi 307-B-sonli "D.A.Ablamitovani Qonliko‘l tumani hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlash to‘g‘risida"gi farmoyishini tasdiqlash haqida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, doimiy ish o‘rinlarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2026-yil 5-fevraldagi 49-sonli qaroriga muvofiq, ijtimoiy reyestrdagi 1-guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan oilalarning turar joylarining devor va tomlarini izolyatsiyalash, energiya tejovchi oyna va eshiklar hamda quyosh panellari yoki geliokollektor o‘rnatish uchun ajratilgan mablag‘ni tasdiqlash to‘g‘risida bayonnomalari.
Sessiyada Qonliko‘l tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining tuman hududidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 2025-2026-o‘quv yillarida olib borilgan ishlar natijadorligi haqida va uchrayotgan muammolari bo‘yicha hisoboti, "Agrobank" ATB Qonliko‘l filiali boshqaruvchisining 2025-yilda hamda 2026-yilning o‘tgan oylari davomida amalga oshirilgan ishlari va undagi uchrayotgan muammolari bo‘yicha hisoboti, AT "Xalq banki"ning Qonliko‘l standart bank xizmatlari markazi boshlig‘ining 2025-yilda hamda 2026-yilning o‘tgan oylari davomida amalga oshirilgan ishlari va undagi uchrayotgan muammolari bo‘yicha, Qonliko‘l tuman elektr ta’minot korxonasining 2025-yilda hamda 2026-yilning o‘tgan oylari davomida amalga oshirilgan ishlari haqida ma’ruzalari tinglandi.
Qonliko‘l tumani bo‘yicha 2026-yil uchun tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalariga oshiriladigan koeffitsiyentlarni qo‘llash to‘g‘risida, Prezidentimizning 2021-yil 13-aprel kungi "Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 5072-sonli qaroriga muvofiq 2026-yil 1-mavsum bo‘yicha tuman hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan va g‘olib deb topilgan takliflarni moliyalashtirish to‘g‘risida, Prezidentimizning 2025-yil 12-sentyabrdagi "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda mahsulot yetishtirishning uzluksizligini ta’minlash, yerdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 172-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda tuman hududida suv ta’minoti va sug‘orish tizimlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi masalalar deputatlar e’tiboriga taqdim etildi. Sessiyada tegishli qarorlar qabul qilindi.






