DAVLAT MULKI OLISHDA YANA BIR IMKONIYAT.
2026-02-23 09:45:00 / Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan davlat mulki obyektlarini elektron tanlov asosida eng yaxshi taklif bildirgan talabgorga investitsiya kiritish majburiyatlari bilan sotish tartibi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 625-sonli qarori qabul qilingan.
Qaror bilan:
Ommaviy savdolarga chiqarilgan davlat mulki obyektlari uch oy muddatda sotilmagan taqdirda, ularni "E-auksion" elektron savdo platformasida tanlov asosida eng yaxshi taklifni bildirgan talabgorga investitsiya kiritish majburiyatlari bilan sotish tartibi;
Tanlovda sotiladigan davlat mulki obyektlari bo‘yicha investitsiya majburiyatlari miqdorini aniqlash tartibi;
Tanlov natijalarini rasmiylashtirish va davlat mulki obyektini sotish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini tuzish tartiblari belgilab berilgan.
Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 14 ta davlat mulki obyektlari tanlov asosida "E-auksion" elektron savdo platformasiga savdoga chiqarilgan.
"Elektrononlayn-auksionlarni
ta’sis etish" AJ Qoraqalpog‘iston
Respublikasining hududiy vakili. A.Jamilov
