"Ramazon - mehr-oqibat, hamjihatlik va shukronalik oyi" degan ezgu g‘oya asosida Qonliko‘l tumani Dehqon bozorida savdo yarmarkasi
2026-02-22 11:10:00 / Yangiliklar

Ushbu yarmarka muborak Ramazon oyi munosabati bilan aholini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda bozorlarda narx-navo barqarorligini saqlash maqsadida o‘tkazilmoqda.
Yarmarkada mahalliy fermer va tadbirkorlar tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, go‘sht va sut mahsulotlari, sabzavot-poliz ekinlari va boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari aholiga maqbul narxlarda taqdim etilmoqda.
Tuman hokimi B.Sultаnov bu ishlar bilan tanishib, aholiga yanada qulaylik yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar belgiladi.
"Ramazon - mehr-oqibat, hamjihatlik va shukronalik oyi" degan ezgu g‘oya asosida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi har kuni davom etadi.







