Qonlikoʼl tumani fermerlar kengashining fermerlarga MUROJААTI
2026-02-21 10:45:00 / Yangiliklar

АRIQ VА ZOVURLАRNI TOZАLАShNI TАShKIL ETING, DАLА MАDАNIYaTINI YOʼLGА QOʼYISh ORQАLI DАLА ChETLАRIGА KOʼChАT VА QOʼShIMChА QIShLOQ XOʼJАLIGI EKINLАRI EKIB QOʼShIMChА DАROMАDGА EGА BOʼLING
Qadrli fermer va dehqonlar !
Mamlakatimizda qishloq xoʼjaligini samarali rivojlantirish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish maqsadida ariq va zovurlarini tozalash dala chetlariga koʼchat va qoʼshimcha qishloq xoʼjaligi ekinlarini ekish orqali dala madaniyatini yuksaltirish bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylandi.
Davlatimiz rahbarining 2026 yil 16 fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida ustuvor yoʼnalishlar boʼyicha islohotlar dasturlari hamda “Oʼzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish boʼyicha davlat dasturida ariq va zovurlarni betonlashtirish, dala chetlaridan samarali foydalanish vazifalari alohida belgilab berilgan.
Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi boʼyicha 1,3 ming kilometr yirik magistral kanallar, sugʼorish tarmoqlari, ariq va zovurlarni betonlashtirish, ochiq drenaj va kollektorlarni yopiq tizimga oʼtkazish boʼyicha alohida dasturlarni amalga oshirish koʼzda tutilgan
Hurmatli fermerlar!
Shu munosabat bilan sizlarni quyidagi vazifalarni amalga oshirishga chaqiramiz:
Birinchidan, Fermer xoʼjaligingizdagi ichki ariq va zovurlarni qayta koʼzdan kechirib, ularni tozalash va zarur qismini betonlashtirish hajmini belgilab oling. Dala chetlariga mevali va manzarali koʼchatlar ekish rejasini ishlab chiqing;
Ikkinchidan, 10 kun muddat ichida ichki ariq va zovurlarni tozalash ishlarini tashkil eting hamda betonlashtirish ishlarini boshlang;
Uchinchidan, dala chetlaridan samarali foydalanib, qishloq xoʼjaligi mahsulotlari (oshqovoq, kartoshka, sabzavot va poliz) ekinlarini ekish orqali qoʼshimcha daromad manbaini yarating;
Toʼrtinchidan, Har bir fermer 100–150 tupdan mevali va manzarali koʼchat ekishni tashkil etsin;
Beshinchidan, Koʼchat va nihollar masalasida “Quva tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi tomorqa xizmati” MChJ, “Yangiyoʼl tomorqachilikni rivojlantirish milliy markazi”, “Jomboy koʼchatchilik tomorqa xizmatlari” MChJ kabi tashkilotlar xizmatlaridan foydalaning;
Oltinchidan Oʼzbekiston fermerlari kengashi huzuridagi jamgʼarma tomonidan ajratiladigan aylanma mablagʼ va kredit resurslaridan unumli foydalaning.
Yettinchidan, Ekilgan ekin va koʼchatlarni zararkunanda hasharotlardan himoya qilish maqsadida Oʼsimliklar karantini va himoyasi agentligi biolaboratoriyalari xizmatlaridan foydalaning, biopreparatlar va mineral oʼgʼitlar bilan oʼz vaqtida ishlov bering.
Hurmatli fermerlar va dehqonlar!
Sizlarni hurmatli Davlatimiz rahbarining yuksak ishonchini oqlashga, mamlakatimiz ravnaqi va farovonligiga munosib hissa qoʼshish maqsadida, ariq va zovurlarni tozalash, dala madaniyatini yoʼlga qoʼyish orqali dala chetlariga koʼchat va qoʼshimcha qishloq xoʼjaligi ekinlari ekib qoʼshimcha daromadga ega boʼlishga chaqiramiz!
Bu ishlar nafaqat xoʼjaligingiz rivojiga, balki mamlakatimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligiga munosib hissa qoʼshadi.
Qadrli fermer va dehqonlar!
Bugungi kun qishloq xoʼjaligida yangi yondashuv, yuksak masʼuliyat va amaliy harakatni talab etmoqda. Yer — boyligimiz, suv — hayot manbai. Ularni asrash va unumli foydalanish har birimizdan faollik va tashabbuskorlikni talab qiladi.
Davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarga muvofiq, ariq va zovurlarni betonlashtirish, suv yoʼqotilishining oldini olish, dala chetlaridan samarali foydalanish orqali qoʼshimcha daromad manbaini yaratish — bugungi kunning muhim vazifasidir.
Unutmang! Obod dala — barakali hosil! Koʼchat ekish — kelajakka sarmoya !
Qonlikoʼl tumani fermerlar kengashi!
