Minnatdorchilik xati
2025-12-26 19:00:00 / Yangiliklar

Qonliko‘l tumani 5-sonli maktab jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti rahbariyati tomonidan alohida baholandi. Ushbu tashabbuslar natijasida hozirgi vaqtda vatan himoyachisi kursant bo‘lgan J.Erejepov o‘zi o‘qigan maktabga tashakkurnoma olib keldi. Tinchlikni saqlash, harbiy intizom va mas’uliyat ruhida tarbiyalash borasidagi fidokorona mehnat samarasidir.
Albatta, J.Erejepovning tafakkuri, davlat taqdiri uchun mas’uliyat tuyg‘usining yuqoriligi, o‘z Vataniga bo‘lgan cheksiz muhabbatining shakllanishida hamda bunday yutuqlarga erishishida ota-onasining, ustozlarining va 5-sonli maktab jamoasining qo‘shgan hissasi juda katta.
Suhbatda maktab o‘quvchilari o‘zlarining kelajakda harbiy bo‘lib o‘tishini, Vatanni himoya qilish, yurt tinchligi uchun fidokorona xizmat qilishini ta’kidladi.


