Hokim va yoshlar uchrashuvi
2025-12-25 10:35:00 / Yangiliklar

Yoshlar - har qanday jamiyatning kelajagi. Ular tom ma’noda, yurtimizning eng katta boyligi, bebaho xazinasidir.
Chunki, Yangi O‘zbekiston yoshlari - kelajagimiz poydevoridir. Bugun yurtimizda ularning zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallashi uchun barcha kuch va imkoniyatlar safarbar etilmoqda.
Shuningdek, ularning hayotida uchrayotgan hayotiy muammolarni hal etish, ijobiy yechim topish, taklif va fikrlarini o‘rganish maqsadida muntazam ravishda "Hokim va yoshlar" uchrashuvlari o‘tkazib kelinmoqda.
Qonliko‘l tumani hokimi B.Sultanov, Sari oltin OFY 22-sonli maktabda o‘tkazilgan uchrashuv yoshlarning qiziqarli savollari, ularning kelajakka bo‘lgan intilishlari bilan yanada qiziqarli bo‘ldi.






