Apparat majlisida Ochiq muloqot
2025-12-23 09:20:00 / Yangiliklar
Apparat majlisida
Ochiq muloqot

Qonliko‘l tumani hokimligida tuman hokimi B.Sultonov rahbarligida o‘tkazilgan apparat yig‘ilishida, davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining ijrosini ta’minlash, yil yakuni masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda mutasaddilarga tumanda barcha ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida yakunlash, joriy yil yakunlari va kelgusi yil rejalarini aniq manzilli belgilash, obodonlashtirish, kuz-qish mavsumi tadbirlari, yoshlar masalasi va bayramni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, soliq tushumlari, kommunal to‘lovlar va xizmatlar bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.






