Hokim va yoshlar Bostonda
2025-12-11 16:40:00 / Yangiliklar
Hokim va yoshlar Bostonda

Qonliko‘l tumani Bo‘ston OFY, 8-sonli umumta’lim maktabi yoshlarining tuman hokimi B.Sultanov bilan bo‘lgan uchrashuvi ochiq suhbat, erkin fikr, o‘zaro tajriba va savol-javoblar bilan boshlandi.
Yoshlarning qiziquvchanligi, tajribali insonlar bilan hayot tajribasini almashishi, yuksak maqsadlarga intilish va ulg‘ayish uchun qiziqishlari har bir ishtirokchiga yangi tashabbuslar uchun zavq bag‘ishladi.
Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olib, fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan har bir fikr va taklif inobatga olindi.




