Mahallada sodir bo‘lgan har bir jinoyat hammamizni birdek tashvishga solishi kerak
2025-08-19 10:35:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Assalomu alaykum
Hurmatli Qamashi tumani aholisi !
Barchamizga ma’lum, muhtaram Prezidentimizning joriy yil 3-yanvardagi 1-sonli qarori bilan mahal-lalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha oldimizga o‘ta muhim vazifalar qo‘yilgan.
Qayd etish kerak, o‘tgan chorak davomida bu borada mutasaddi vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda muayyan ishlar amalga oshirildi, ko‘plab tashkiliy masalalar hal qilindi.
Prokuratura organlarida doimiy faoliyat ko‘rsa-tuvchi Respublika va hududiy shtablar, ishchi guruh-lari tuzilib, faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yildi.
Vazifalar ijrosini “viloyat - tuman - mahalla” dara-jasida ijrosini qayd etuvchi va real vaqt rejimida nazorat qilish imkonini beruvchi elektron nazorat platformasiishga tushirildi.
Natijada, joriy yilning o‘tgan davrida tumanimizdagi mahallalarda 862 ta kamera, 36 ta domofon komplekslari va 18 ta “tashvish tugmasi”o‘rnatilib, 434 ta obyekt texnik qo‘riqlovga olindi, 89 ta “namunaviy xavfsiz ko‘chalar” va 105 ta “namunaviy xavfsiz yo‘laklar” tashkil etilib, 316 ta ko‘chaga yoritish chiroqlari o‘rnatildi.
Joriy yilning o‘tgan davrida 6 895 ta xonadonda xatlov o‘tkazilib, 5 513 nafar shaxslarga ijtimoiy profilaktika tartibida xulosalar berilib, ularning 3 381 tasi hal etildi.
Umuman, qisqa muddatda hamkorlikda ko‘rilgan chora-lar natijasida mamlakatda talonchilik, o‘g‘rilik, nomusga tegish, bezorilik kabi aholi kayfiyati va kriminogen vaziyatga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi jinoyatlar kamaydi.
Aslida, bu natijalar Davlatimiz rahbarining qayd etilayotgan Qarori bilan belgilangan choralar samarasidir.
Tuman prokuraturasi tashabbusi bilan mahallada sodir etilgan 20 ta jinoyat ishlari bo‘yicha mas’ul idora xodimlarini mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan 18 nafarining javobgarlik masalasi hal etildi.
Aslida, mahallada sodir bo‘lgan bitta jinoyat ham hammamizni birdek tashvishga solishi kerak.
Joriy yilning 7 oyida har 100 ming aholiga nisbatan hisobot yilida aniqlangan jinoyatlar Qamashida 59,7 tani tashkil etmoqda.
Qamashi tumanida joriy yilning 7 oyida 179 ta jinoyatlar (105) sodir etilib, umumiy jinoyatlar kiber jinoyatlar hisobiga 70,5 foizga (105/1179) ko‘paygan.
Jami jinoyatlarning, 64 tasi (35,8 %) oldi olinishi lozim bo‘lgan, 35 tasi (21,8%) aniqlanadigan, 76 tasi (42,5 %) axborot texnologiyalari vositasida sodir etilgan jinoyatlarni tashkil etadi.
Joriy yilning 7 oyida umumiy jinoyatlar (ATV sodir etilgan jinoyatlardan tashqari) - 1.9 foizga (105/103)kamaygan.
Qamashi tumanida umumiy (ATV sodir etilgan jinoyatlardan tashqari) (103 ta)jinoyatlarning 25 tasini (23,8 %) mahalla hududida oldi olinishi mumkin bo‘lgan 11ta turdagi jinoyatlar tashkil etib, ularning soni avvalgi yilga nisbatan (45/25) kamaygan.
Oldi olinishi lozim bo‘lgan jinoyat turlaridan, firibgarlik 66,7 %ga (6/10), o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi 120 %ga (5/11) sezilarli darajada oshgan.
Axborot texnologiyalari vositasida sodir etilgan yordamida sodir etilgan jinoyatlar soni 76 taga (2/76) 3.700 foizga oshgan.
Barchamizga ma’lumki, so‘nggi yillarda mahallalar “qizil”, “sariq”, “yashil”toifalarga ajratilib, profilaktik choralar “mahallabay” tarzida amalga oshirilmoqda.
Tumandagi barcha 57 ta mahallalardan 4 tasi “qizil”, 11 tasi “sariq”, 42 tasi “yashil” toifaga kiritilgan.
O‘tgan 7 oyda Qamashi tumanida 57 ta mahallalarning 45 tasida yoki 79 foizidajinoyatlar sodir etilib, shundan 4 ta mahalla qizil, 11 tasiesa sariq toifaga tushgan.
Buning oqibatida, “Odoqjonbuz” MFY, “Qoratepa” MFY, “Nurli yo‘l” MFY, “Bog‘obod” MFYlarda jinoyatchilik sur’ati keskin oshib, qizil mahalla sifatida e’tirof etilgan.
Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda jinoyatlarni barvaqt profilaktika qilish bo‘yicha borasida ishlar yetarli darajada tashkil etilmaganligi oqibatida “Sariq” toifaga “Tinchlik”, “Uzun”, “Chim”, “Chuqurqishloq”, “Yuksalish”, “Qorasuv”, “Azlartepa”, “Bog‘obod”, “Mang‘it”, “Changak”, “Qo‘ng‘irot” MFYlar kirib qolishiga yo‘l qo‘yilgan.
