Tuman hokimining navbatdagi qabuli o‘tkazildi
2026-11-13 17:25:00 / Yangiliklar

Qamashi tumani hokimi Xurshid Usmonov, tuman prokurori Jasur Shukurov, tuman IIB boshlig‘i Behruz Mustafoyev, hokim o‘rinbosarlari hamda tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirokida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot qilinib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli mas’ullarning fikrlari eshitilib, ularni hal etish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.





