Xorijdagi qamashilik yoshlar bilan onlayn muloqot o'tkazildi
2026-11-05 17:25:00 / Yangiliklar

Qamashi tumani hokimi Xurshid Usmonov, tuman prokurori Jasur Shukurov hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida xorijda tahsil olayotgan va mehnat faoliyatini olib borayotgan qamashilik yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi.
Muloqot avvalida mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari haqida ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng Janubiy Koreya, Kipr, Xitoy va Rossiyada tahsil olayotgan hamda mehnat migratsiyasida bo‘lgan yoshlarning taklif va murojaatlari tinglandi.
Jumladan, yoshlar tomonidan xorijiy tillarni o‘rgatish kurslarini kengaytirish, tadbirkorlik hamda mahallalar infratuzilmasiga oid masalalar ko‘tarildi.
Xorijiy tillarni o‘rgatish kurslarini kengaytirish bo‘yicha bildirilgan takliflar ma’qullanib, ushbu maqsadlar uchun mahallada joy ajratib berish belgilandi.
Onlayn muloqot davomida yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va tajribasidan tuman rivoji yo‘lida foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.









