FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI
2026-10-09 13:55:00 / Yangiliklar

Qamashi tumani hokimi Xurshid Usmonovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida fuqarolarning bandlik, tadbirkorlik, ijtimoiy masalalar hamda boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi.
Unda tumandagi barcha tashkilotlar rahbarlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirok etdi. Har bir murojaat mas’ul rahbarlar ishtirokida ko‘rib chiqilib, joyida hal etishga e’tibor qaratildi.
Qo‘shimcha o‘rganishni talab etmaydigan masalalar joyida hal qilindi. Qo‘shimcha o‘rganish zarur bo‘lgan murojaatlar yuzasidan esa tegishli chora-tadbirlar belgilab olinib, mas’ullar va ijro muddatlari ko'rsatib o'tildi.






