Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-09-02 15:05:00 / Yangiliklar

Qamashi tumani hokimi o‘rinbosari Foizil Xidirov Sarbozor mahallasida fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaat va takliflarini tingladi.
Muloqot davomida, ayniqsa, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, aholini ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni manzilli hal etish yuzasidan fikr almashildi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarlarni belgilangan tartibda hal etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.



