Qamashilik xorijdagi yoshlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi
2026-08-13 14:45:00 / Yangiliklar

Qamashi tumani hokimi Xurshid Usmonov xorijda bo'lib turgan qamashilik yoshlar bilan navbatdagi onlayn uchrashuvni o‘tkazdi.
Muloqotda Yaponiya, Xitoy, Germaniya va Rossiya davlatlarida ta’lim olayotgan hamda mehnat faoliyatini olib borayotgan qamashilik yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida xorijga chiqish va chet elda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishda, avvalo, xorijiy tillarni puxta o‘rganish muhimligi alohida ta’kidlandi. Shu bois tumanda yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish kurslari faoliyatini yanada kengaytirish, ularning qamrovini oshirish va yoshlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratish belgilandi.
Shuningdek, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib, taklif va murojaatlarini yo‘lladi.
Bildirilgan murojaatlarning har biri mutasaddi rahbarlar tomonidan ko‘rib chiqilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
#YoshlarKuni #Qamashi #Muloqot
Gov.uz |Facebook (https://www.facebook.com/qamashi.axborotxizmati) | Telegram (https://t.me/kamashi24) |Instagram (https://www.instagram.com/qamashi.axborotxizmati/)| Youtube (https://www.youtube.com/@Qamashitumanhokimligi/shorts)






