Qamashida yoshlarga g‘alladan bo‘shagan yer maydonlari ajratilmoqda
2026-06-30 17:50:00 / Yangiliklar

Qamashi tumanida g‘alladan bo‘shagan yer maydonlaridan samarali foydalanish hamda yoshlarning bandligi va daromadini oshirish maqsadida takroriy ekin ekish ishlari tashkil etilmoqda.
Mavsum davomida tumandagi fermer xo‘jaliklari tomonidan g‘alladan bo‘shagan yer maydonlari 300 nafar yoshga takroriy ekin ekish uchun ajratilishi rejalashtirilgan.
Bu tashabbus yoshlarning qo‘shimcha daromad topishi, tomorqa va dehqonchilik tajribasini oshirishga xizmat qiladi. Bugun Qushkapa mahallasida navbatdagi yer ajratish tadbiri o‘tkazilib, 21 nafar yoshga fermer xo‘jaliklarining g‘alladan bo‘shagan yer maydonlari takroriy ekin ekish uchun ajratildi.


