“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda
2026-06-25 17:30:00 / Yangiliklar

Yoshlar oyligi doirasida Qamashi tumanida navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda tuman hokimi Xurshid Usmonov hamda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘mondoni Qodir Tursunov ishtirok etib, yoshlarning taklif va tashabbuslarini tinglamoqda.
Uchrashuv davomida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ta’lim olishi va iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish masalalariga eʼtibor qaratilmoqda.
Tadbir doirasida maktabni oltin medal bilan tamomlagan 41 nafar bitiruvchi o‘quvchi tantanali ravishda taqdirlandi. Ularning erishgan yutuqlari e’tirof etilib, kelgusidagi o‘qish va mehnat faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilandi.









