Qamashi tumanida fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda
2026-07-06 17:10:00 / Yangiliklar

Qamashi tumanida aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish maqsadida tuman hokimining o‘rinbosarlari tomonidan fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
O‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularning mazmun-mohiyati atroflicha ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, tegishli soha mutaxassislari ishtirokida muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar belgilanib, ijrosi nazoratga olinmoqda.





