Yoshlar bilan manzilli ishlashga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi
2026-06-18 18:00:00 / Yangiliklar

Qamashi tumani hokimligi binosida “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida probatsiya nazoratida bo‘lgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Unda Davlat xavfsizlik xizmati tuman bo‘limi rahbari, tuman hokimining o‘rinbosari hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Muloqot davomida yoshlarning bandlik masalalari, mavjud muammolari va murojaatlari o‘rganildi. Shuningdek, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, doimiy ish bilan ta’minlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Muloqot yakunida ko‘tarilgan masalalar ijrosi yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.



