Qamashi tumani delegatsiyasi Toshkent xalqaro investitsiya forumida 44 mln dollarlik kelishuvlarga erishdi
2026-06-17 18:15:00 / Yangiliklar

Toshkent xalqaro investitsiya forumida Qamashi tumani hokimi Xurshid Usmonov boshchiligidagi delegatsiya tomonidan qator investitsiyaviy kelishuvlar imzolandi.
Jumladan, AQSHning “Aviagen” kompaniyasi bilan parrandachilik yo‘nalishida 30 million AQSH dollari, Ukrainaning “Safir” kompaniyasi bilan chorvachilik yo‘nalishida 4 million AQSH dollari hamda Xitoyning “Heija” kompaniyasi bilan to‘qimachilik yo‘nalishida 10 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik bitimlari imzolandi.
Shu tariqa, forumning dastlabki kunida Qamashi tumaniga jami 44 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Ayni paytda Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini davom ettirmoqda. Qamashi tumani delegatsiyasi tomonidan xorijiy investorlar bilan muzokaralar olib borilayotgan bo‘lib, yangi investitsiyaviy kelishuvlarga erishish yuzasidan ishlar davom etmoqda.



