2 nafar qamashilik o‘quvchi muddatidan oldin talabalikka tavsiya etildi
2026-06-13 14:30:00 / Yangiliklar

Qarshi davlat universiteti huzurida umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Qashqadaryo viloyati hokimi olimpiadasi”da qamashilik o‘quvchilar yuqori natijalarni qayd etdi.
Xususan, Qamashi tumanidagi 44-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Sattarova Feruza Qurbon qizi kimyo fanidan 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, 16-maktabning 11-sinf o‘quvchisi O‘raqova Dilnura Bekmurod qizi fizika fanidan 2-o‘rin sohibasi bo‘ldi.
Olimpiada yakunlariga ko‘ra, har ikki o‘quvchi oliy ta’lim muassasasiga muddatidan oldin talabalikka tavsiya etildi.


