Qamashi tumanida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari tantanali ravishda o‘tkazildi
2026-05-25 09:45:00 / Yangiliklar

Bugun Qamashi tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. 2025–2026 o‘quv yilini yakunlayotgan 3626 nafar o‘quvchi 11-sinfni tamomlab, hayotning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda.
Qamashi tumani hokimi Xurshid Usmonov tumandagi 89-maktabda bo‘lib, o‘quvchilar, ota-onalar hamda ustozlar ishtirokidagi bayram tadbirida qatnashdi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan maktab bitiruvchilariga yo‘llangan tabriknoma o‘qib eshittirildi hamda bitiruvchilarga samimiy tilaklar bildirildi.
Shuningdek, tuman hokimi tomonidan maktabga kitoblar jamlanmasi topshirildi. Maktabni oltin medal bilan yakunlayotgan o‘quvchilarga tashakkurnomalar topshirildi.
Tadbirda tumanda xalqaro sertifikatlarga ega, kamida B2 darajadagi o‘quvchilar soni 381 nafarga yetgani, milliy sertifikatga ega yoshlar soni esa 1170 nafardan oshgani ta’kidlandi.









