Qamashi tumanida “Qishloq joylarini kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 9 ta mahallada umumiy qiymati 14 million dollarlik ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlarini yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda.
2026-05-13 18:10:00 / Yangiliklar

Bunyodkorlik ishlari doirasida ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, bir nechta mahallalarda yangi qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
🔹 Bunyodkor mahallasidagi 94-maktab uchun 3 milliard 480 million soʻmlik loyiha asosida 140 oʻrinli qoʻshimcha bino, zamonaviy oshxona va sport zali qurilmoqda.
🔹 Boburtepa mahallasidagi 50-maktabda esa 5,7 milliard soʻmlik loyiha doirasida 180 oʻrinli qoʻshimcha bino, oshxona hamda sport maydoni barpo etilmoqda.
🔹 Istiqbol mahallasida 8,4 milliard soʻmlik loyiha asosida 240 oʻrinli yangi maktab qurilishi davom etmoqda.






