Tarix, bugun va kelajak — uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi
2026-05-07 14:50:00 / Yangiliklar

Tumandagi 3-maktabda “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Xurshid Usmonov, tuman prokurori Baxriddin Bahodirov, tuman IIB boshlig‘i Nodirbek Rahimov, nuroniylar, o'rta yoshlilar va yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmalar namoyish qilindi. Shuningdek, o‘quvchilar sport, madaniy va harbiy yo‘nalishlarda chiqishlar qildi.
Shundan so'ng, tadbir ishtirokchilari maktabdagi dars jarayonlari bilan tanishib, ta’lim sifati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.









