940 millon so'm ajratildi: 8 nafar yosh o‘z o‘quv markazini ochdi
2026-05-02 10:50:00 / Yangiliklar

Yoshlar ishlari agentligining “Ko‘mak” loyihasi orqali Qamashi tumanida 8 nafar yoshga jami 940 million so‘m ssuda ajratilib, yangi o‘quv markazlari tashkil etildi.
Bugungi kunda:
– Ko‘kbuloq mahallasida Dinora Nazarova;
– Qoratepa mahallasida Elbek Bozorov;
– Sohibkor mahallasida Jasur Do‘syarov;
– Uzun mahallasida G‘anisher Normatov;
– O‘zbekiston mahallasida Xonzoda Muhammadiyeva;
– Paxtaobod mahallasida Sunatullo Ro‘ziboyev;
– Ravot mahallasida Jo‘rabek Qurbonmurodov;
– Paxtaobod mahallasida Gavhar Hayitmurodova;
o‘z o‘quv markazlarini yo‘lga qo‘yib, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
Natijada yoshlar sifatli ta’lim olmoqda, ish bilan ta’minlanmoqda va tadbirkorlikka qiziqish ortib bormoqda.
Siz ham imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Agar oxirgi 2 yil ichida C1 sertifikatini olgan bo‘lsangiz, “Ko‘mak” loyihasi orqali 130 million so‘mgacha ssuda olishingiz mumkin.
Batafsil ma’lumot uchun tuman Yoshlar ishlari bo‘limiga murojaat qiling.






