Yoshlar bilan uchrashuv
2026-05-01 13:35:00 / Yangiliklar

Qamashi tumani hokimi o'rinbosari Fozil Xidirov, Yoshlar ishlari tuman bo'limi boshlig'i Botirali Turdiyev 6-sonli texnikumda bo'lib, yoshlar bilan muloqot qildi.
Dars jarayonlari o'rganildi va yoshlar bilan kasbga yo'nalish, til o'rganish va fanlarni yaxshi o'zlashtirish bo'yicha suhbat qurildi.
Shuningdek, "Kinokarvon" loyihasi doirasida 9-may - Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan kino tomosha qilindi.









