Qamashilik yosh kitobxon Respublika bosqichida ishtirok etadi
2026-04-27 13:30:00 / Yangiliklar

“Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining Qashqadaryo viloyati bosqichida Qamashi tumani Katta O‘ra mahallasidan Flyura Xolmurodova 15–19 yosh toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Mazkur yutuq munosib e’tirof etilib, tuman hokimligi tomonidan rag‘batlantirildi. G‘olibaga Respublika bosqichida muvaffaqiyat tilanib, yangi zafarlar sari ishonch bildirildi.


