Navbatdagi sayyohlik guruhi Qamashi tumaniga keldi
2026-04-16 10:50:00 / Yangiliklar

“Orient Silk Road Express” nomi bilan harakatlanayotgan charter poyezdi bugun Qamashi tumaniga 9 ta davlatdan tashrif buyurgan 83 nafar sayyoh bilan kirib keldi.
Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, Avstraliya, Avstriya, Singapur, Gollandiya, Shveysariya va Chexiya davlatlaridan kelgan mehmonlar milliy urf-odatlarimiz bilan yaqindan tanishish maqsadida Changak mahallasida joylashgan To‘ra Asadov xonadonida bo‘lishdi.
Sayyohlar o‘zbekona mehmondo‘stlik, milliy taomlar va an’analar bilan yaqindan tanishdi.









