Qamashi tumanida DXX kubogi va “Shijoat va g‘ayrat” sport musobaqalariga start berildi
2026-04-09 18:25:00 / Yangiliklar

Qamashi tumanida Davlat xavfsizlik xizmati kubogining tuman bosqichi hamda “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqalariga tantanali ravishda start berildi.
Ochilish marosimida so‘zga chiqqan tuman hokimi Xurshid Usmonov mazkur musobaqalarning Qamashi tumani yoshlari hayotida tutgan o‘rni va ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi. O‘z nutqida so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlarni e’tirof etib, xususan, 2021, 2023 va 2024-yillarda tuman jamoasining mini futbol bo‘yicha Respublika bosqichida g‘olib bo‘lganini faxr bilan qayd etdi. Ushbu yutuqlar natijasida tumanimizda 2 ta mini futbol maydoni, 2 ta workout maydoni hamda zamonaviy Yoshlar guzari barpo etilgani alohida ta’kidlandi.
Shundan so‘ng musobaqaning qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Unda tuman rahbariyati, tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, davlat xavfsizlik xizmati tuman bo‘limi rahbari hamda nuroniylar ishtirok etdi.
Tadbir tuman madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.
Ma’lumot uchun, musobaqalar o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol va mini futbol, qizlar o‘rtasida esa mini futbol yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.









