Qamashi tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
2026-04-02 14:50:00 / Yangiliklar

Unda tuman hokimi Xurshid Usmonov boshchiligidagi tuman rahbarlari tuman IIB binosida probatsiya hisobida turgan yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning muammolari, ayniqsa ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunar o‘rganishi va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Har bir murojaat alohida tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.
Shuningdek, yoshlarni jamiyatga moslashtirish, ularning hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish maqsadida amaliy yordam choralarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.









