Rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
2026-03-26 18:30:00 / Yangiliklar

Payshanba – yoshlar kuni munosabati bilan Qamashi tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi. Unda tuman hokimi Xurshid Usmonov, viloyat hokimi o‘rinbosari Farhod Kushakov, Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Ismigul Xushmurodova, shuningdek, viloyat va tuman Kengashi deputatlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va murojaatlari tinglandi. Xususan, aksariyat yoshlar tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirdi. Mutasaddilar tomonidan ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, bank kreditlari ajratish tartiblari hamda mavjud imkoniyatlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Qahramoni Abdimurod Bozorov ishtirok etib, o‘zining hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi hamda yoshlarni yuksak maqsadlar sari intilishga chorladi.
#YoshlarKuni #RahbarVaYoshlar #Qamashi









