Qamashi tumanida chigit ekish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
2026-03-26 14:35:00 / Yangiliklar

Qamashi tumanida 2026-yil paxta hosili uchun urug‘lik chigit ekish jarayonlarini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan amaliy o‘quv seminari Qorabog‘ hududidagi “Husan bobo” fermer xo‘jaligida bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tuman hokimi Xurshid Usmonov, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Oblayor Boymirov, viloyat va tuman mas'ul rahbarlari ishtirok etib, Xitoyning Shinjon texnologiyasi asosida chigit ekish bo‘yicha mutaxassislar tavsiyalari bilan tanishtirdi.
Shundan so‘ng fermerlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida chigit ekishni agrotexnik talablar asosida olib borish, zamonaviy va suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, yer unumdorligini oshirish hamda mo‘l hosil yetishtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ekish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish, qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Ma’lumot o‘rnida, joriy yil hosili uchun tumanda 7690 gektar maydonga chigit ekiladi.
Tadbir yakunida yurtimiz tinchligi hamda boshlanayotgan ishlarning barakali bo‘lishi tilab duolar qilindi.









