Qutlug‘ qadamjolarda qilingan niyatlar ijobat bo‘ladi
2026-03-25 09:10:00 / Yangiliklar

Bugun tongdan joriy yilgi chigit ekish mavsumi oldidan Qamashi tumani hokimi Xurshid Usmonov boshchiligidagi rahbarlar, tuman hokimi o‘rinbosarlari, nuroniylar, MMTP rahbarlari hamda qishloq xo‘jaligi xodimlari “Langar ota” maqbarasini ziyorat qildi.
Ziyorat davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, ezgu duolar qilindi. Unda yurtimiz tinchligi, boshlagan xayrli ishlarimizning barakali bo‘lishi, xonadonlarimizga farovonlik kirib kelishi hamda dehqonchilikdan kutilayotgan hosilning mo‘l bo‘lishi so‘rab duo qilindi.
Shuningdek, qurbonlik qilinib, uning go‘shti ehtiyojmand oilalarga tarqatilmoqda.









