“Tuman hokimi olimpiadasi” sport musobaqalariga start berildi
2026-03-24 11:15:00 / Yangiliklar

Mazkur musobaqalar 13 ta sport turini qamrab olgan bo‘lib, bugun 2-sonli sport maktabida dzyudo bo‘yicha bellashuvlar boshlandi.
Tadbirda tuman hokimi Xurshid Usmonov, tuman prokurori Baxriddin Bahodirov hamda tuman IIB boshlig‘i Nodirbek Rahimov ishtirok etib, musobaqa qatnashchilariga omad tiladi.
Ushbu musobaqalar orqali iqtidorli sportchilar saralab olinib, ularni jahon miqyosidagi musobaqalarga tayyorlash uchun mustahkam poydevor yaratiladi. Shuningdek, sifatli seleksiya ishlarini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.






