Sarbozor mahallasi yangi qiyofaga kiradi
2026-02-09 16:10:00 / Yangiliklar

Bugun tuman hokimi Xurshid Usmonov 4142 nafar aholi istiqomat qiluvchi Sarbozor mahallasida bo‘lib, aholi va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi daromadlarini oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti qilindi.
Mahallada dastlabki bosqichda 3 mlrd so'mlik loyihalar amalga oshiriladi. Xususan,
➖elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 0,4 kV kuchlanishdagi 1 kilometr elektr tarmoqlari tortiladi, ushbu loyiha qiymati 150 million so‘mni tashkil etadi;
➖30 dona beton ustunlar o‘rnatilib, buning uchun 40 million so‘m mablag‘ ajratiladi;
➖O‘rnak va Tokzor ko‘chalariga 2 kilometr tungi yoritish chiroqlari o‘rnatiladi, mazkur loyiha qiymati 700 million so‘m;
➖Sarbozor ko‘chasining 3 kilometr qismi asfaltlanadi, ushbu ishlar uchun 1 milliard 610 million so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi;
➖Aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlash va qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish maqsadida 1 dona artezian qudug‘i, shuningdek, “Bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida yana 1 dona quduq qazilishi belgilangan bo‘lib, loyiha qiymati 500 million so‘mni tashkil etadi.
Shu bilan birga, 300 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatiladi va mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish loyihalari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Bu loyihalar yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.









