Tuman hokimi ishsiz va otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashdi
2026-02-07 14:55:00 / Yangiliklar

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, eng avvalo, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, ta’lim olishlari hamda ijtimoiy muammolarini hal etish masalalariga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Qamashi tumani hokimi Xurshid Usmonov ishsiz va otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashdi.
Suhbat davomida yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.





