“Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi”ga start berildi
2026-02-04 12:30:00 / Yangiliklar

O‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha tashkil etilayotgan “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining tuman bosqichi boshlandi.
Musobaqa tumandagi 2-sport maktabida tashkil qilinib, unda tumandagi 11 ta umumta’lim maktabidan 7–11-sinflarda tahsil olayotgan 224 nafar o‘quvchi qizlar ishtirok etmoqda.
Musobaqa bosqichlari:
➖1–5-fevral — tuman (shahar) bosqichi
➖13–17-fevral — hududiy bosqich
➖24–30-mart — respublika bosqichi
Respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlarini Damas avtomashinasi hamda pul mukofotlari kutmoqda.






