Qamashi tumanida korrupsiyaga qarshi targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
2026-02-03 12:25:00 / Yangiliklar

Qamashi tumani Mudofaa ishlari bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Qarshi harbiy prokurori Jahongir Ashurov hamda viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Eshonqulov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida mudofaa bo‘limi xodimlari va tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, korrupsiyaning oldini olish, xizmat faoliyatida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mas’ullar tomonidan harbiy xizmatga chaqiruv jarayonida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, chaqiriluvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.






