Pedagog kadrlar attestatsiyasi bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi
2026-01-08 09:30:00 / Yangiliklar

Qamashi tumani 98-maktabda seminar tashkil etildi. Seminarda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son hamda 2025-yil 28-fevraldagi 130-son qarorlarining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.
Tadbirda tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi mudiri B. Mamatqulov, viloyat MMTB mutaxassisi M. Toshova hamda maktablarning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Seminarda pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi, hujjatlarni onlayn topshirish, elektron sertifikat berish hamda axborot tizimlari orqali ma’lumotlarning integratsiya asosida shakllanishi bo‘yicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, 2026-yil yanvar–iyun oylarida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish 2026-yil 6-yanvardan boshlanib, 1-martga qadar davom etishi ma’lum qilindi.



