O‘zbekistonda “V Milliy Mehmondo‘stlik mukofoti” o‘tkaziladi
2025-12-21 10:50:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Mehmonxonalar Assotsiatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi ko‘magida 2026-yil 14-fevral kuni “V O‘zbekiston Milliy Mehmondo‘stlik mukofoti” tadbirini tashkil etadi.
Tadbirga tayyorgarlik jarayonida joylashtirish vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, ariza topshirish va mukofot nominatsiyalarida ishtirok etish jarayonini soddalashtirish maqsadida maxsus sayt ishlab chiqildi: hotelier-uz.tilda.ws/ivaward_ru.
Ro‘yxatdan o‘tish to‘liq onlayn tarzda amalga oshiriladi va barcha toifadagi joylashtirish vositalari uchun ochiqdir. Ushbu ishtirok mintaqaning turistik salohiyatini namoyish etish, mehmondo‘stlik sohasidagi yutuqlarni keng targ‘ib qilish uchun muhim imkoniyat hisoblanadi.
