Pillakashda sayyor qabul – xalq bilan ochiq muloqot
2025-09-05 10:00:00 / Yangiliklar
Pop tumani hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jayev “Pillakash” mahallasida aholi bilan navbatdagi ochiq muloqotni o‘tkazdi.

Qabul jarayonida hokim o‘rinbosarlari, tashkilot va korxona rahbarlari ham ishtirok etib, fuqarolarning turli muammo va takliflarini tinglashdi. Asosiy masalalar sifatida elektr ta’minoti va yo‘llar ta’miri, yerga egalik huquqi, moddiy yordam hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
Murojaatlar sinchiklab o‘rganilib, mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Shu kuniyoq 12 ta murojaatdan 4 tasi joyida hal etildi, qolgan 8 tasi bo‘yicha esa belgilangan muddatlarda amaliy choralar ko‘rish uchun ijrochilar mas’ul etildi.
Bu kabi sayyor qabullar xalq dardini eshitish, muammolarga yechim topish va aholining ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.









