Pop tumanida bolajonlar kamoli yo‘lida yana bir qadam
2025-09-05 09:35:00 / Yangiliklar
Tuman hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jayev Oybek mahallasidagi “Musaffo” oilaviy bolalar bog‘chasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Yosh avlod tarbiyasiga qaratilgan bu zamonaviy maskan YATT Dilnoza Abdulxakimova tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilib, hozirda 50 nafar bolajonni qamrab olgan. Ularga esa mehr va mas’uliyat bilan yondashuvchi 4 nafar malakali tarbiyachi ta’lim-tarbiya bermoqda.
Tashrif davomida tuman rahbari bog‘cha mas’ullariga zarur tavsiya va yo‘l-yo‘riqlarni berib, tarbiya jarayonlarini yanada takomillashtirish muhimligini ta’kidladi.









