Pop tumanida paxta mavsumiga tayyorgarlik – yuksak mas’uliyat ifodasi!
2025-09-03 07:25:00 / Yangiliklar
Pop tumani hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jayev tumanining 3 ta paxta qabul qilish punktlarida mavsumga tayyorgarlik ishlari bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazdi.

Yig‘ilishda IIB, MMTP raislari, qishloq xo‘jaligi boshqarmasi vakillari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etib, mavsumga tayyorgarlik jarayonlari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Xususan, texnikalarning soz holati, qabul maskanlaridagi infratuzilmalar va tashkilotchilik masalalari jiddiy muhokama qilindi.
Bu chora-tadbirlar – paxta mavsumini samarali tashkil etish, hosilni sifatli qabul qilish va yurtimiz iqtisodiyotida muhim o‘rin tutuvchi “oq oltin” salohiyatini oshirishga qaratilgan.









