Kenagasda navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2025-09-02 11:00:00 / Yangiliklar
Pop tumani hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jayevning "Kenagas" mahallasidagi navbatdagi sayyor qabulida aholi muammolari va takliflari tinglandi.

Qabul jarayonida hokim o‘rinbosarlari, tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etib, elektr ta’miri, uy-joy kadastri, yo‘l ta’miri, toza ichimlik suvi, yer mulkiga egalik huquqi, ekinlarni sug‘orish masalasi, tadbirkorlikni rivojlantirish va tibbiyot sohasi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Murojaatlar sinchiklab o‘rganilib, mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Shu kunning o‘zida 12 ta murojaatdan 3 tasi ijobiy hal etildi, qolgan 9 tasi bo‘yicha esa o‘rganish uchun muddat belgilab berildi.









