Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!
2025-09-02 08:20:00 / Yangiliklar
Mustaqilligimizning 34 yilligi va “Bilimlar kuni” munosabati bilan Pop tumanida yana bir ta’lim maskani o‘z eshiklarini ochdi. Yangi O‘zbekiston massivida qiymati 9 mlrd 800 mln so‘m bo‘lgan, barcha zamonaviy talablarga javob beradigan 80-sonli umumta’lim maktabi foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jayev ishtirok etib, yangi maskan Pop yoshlari hayotidagi muhim qadam ekanini ta’kidladi.
Shu kuni o‘quvchi yoshlarga Prezident sovg‘alari ham topshirildi. Bu esa davlatimiz rahbariyatining ta’limga, yosh avlodga, kelajak sari yo‘naltirilgan e’tiborining yana bir yaqqol isbotidir.









