Vatanga sadoqat – onani ulug‘lashdan boshlanadi!
2025-08-29 09:40:00 / Yangiliklar

105 yoshdan oshgan Suxsurbu aya Imomqulova ana shunday barokatli umr yo‘lini kechirgan baxtli insonlardan biri. U kishi butun hayotini qishloq xo‘jaligiga, el xizmatiga bag‘ishladi. Besh farzand, 64 nabira va 40 dan ortiq evaralarni tarbiyalab, yurt kelajagiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida Suxsurbu aya Imomqulova Prezident Farmoniga asosan “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Bugun onaxonning xonadonlariga viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hamda viloyat “Nuroniylar” jamg‘armasi raisi Ikromxon Najmiddinov tashrif buyurib, Davlat mukofotini tantanali ravishda topshirdilar.
Suhbat chog‘ida Suxsurbu aya samimiyat bilan mehnat yo‘llari haqida to‘xtalib, davlat rahbarimizni duo qildi va yurtimiz tinchligi hamda farzandlar baxti uchun ezgu tilaklarini bildirdi.





