Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!
2025-08-28 20:35:00 / Yangiliklar
Pop tumanida Mustaqilligimizning 34 yillik shonli bayrami yuqori ruhda start oldi!

Markaziy o‘yingohda xalqimiz va yoshlarimiz intizorlik bilan kutib kelgan tantanalar boshlanib, “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida bayroqdek baland sado yangramoqda.
Tantanali marosimda Pop tumani hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jayev so‘zga chiqib, bayram ishtirokchilarini istiqlolning beqiyos ne’matlari, yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar va yangilanishlar bilan samimiy tabrikladi.
Sahnada estradamiz yulduzlari va yosh ijrochilarning yurakdan kuylagan qo‘shiqlari, san’at ustalarining maftunkor chiqishlari orqali tomoshabinlarga haqiqiy bayram kayfiyati ulashilmoqda.
Pop tumanidagi bu quvonchli damlar – hamjihatlik, taraqqiyot va yangi marralar sari qadam qo‘yishning ramzidir!









