SAYYOR QABUL: FUQAROLAR MUROJAATLARIGA YECHIM
2025-08-21 09:45:00 / Yangiliklar
Pop tumani hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jayev bugun Nayman mahallasining aholisi bilan navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi. Tadbirda hokim o‘rinbosarlari, tuman tashkilotlari va idoralar rahbarlari ham ishtirok etdi.

Qabul jarayonida aholi tomonidan bandlik, yo‘l ta’miri, tadbirkorlik uchun yer, moddiy yordam bilan bog‘liq masalalar bildirildi.
Shularning ayrimlari joyida hal etilsa, qolganlari bo‘yicha mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish va tekshirish talab etuvchi masalalar nazoratga olinib, tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi.









