Kadastr xizmatlarida zamonaviy yondashuv — aholi manfaati yo‘lida
2025-08-13 13:50:00 / Yangiliklar
Pop tumani hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jayev Kadastrlar agentligi Pop tumani bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mijozlarga xizmat ko‘rsatishdagi tezkorlik, ishonchli raqamlar bilan ishlash tizimi, shuningdek mahallalarda olib borilayotgan xatlov ishlarini rasmiylashtirish jarayonlari o‘rganildi.
Agentlikda xizmat sifatini yanada oshirish, fuqarolar murojaatlariga javobgarlikni kuchaytirish hamda hujjatlashtirish jarayonlarini shaffof va qulay qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.






